Kecha AQSh mustaqilligiga 249 yil bo’ldi.
AQSh mustaqilligi kuni an’anaga aylangan Mark Zukerbergning yangi videosi chiqibdi. Aslida bu hafta Mark ko’p ish qildi, bu haqida yozgan edim.
Bayram tufayli Reyganning mana bu nutqini yana bir bor eslash joiz. Amerikani Amerika qiladigan bu immigrantlar. Garchi hozirgi administratsiya bunga qo’shilmasa ham va unga qarshi bo’lsa ham.
One Big Beautiful Bill (
ugly bill) kecha imzolandi. Uning ichida juda ko’p destruktiv qarorlar bor. Ularning biri bu AQShda quyosh va shamol energiyasi sohasiga yangi soliqlar solinishi ekan. G’irt ahmoqgarchilik va Xitoy uchun yaxshi yangilik. “Piguvian” soliqning naqd teskarisi.Yuqoridagi masala haqida NYTda yaxshi kolonka chiqibdi. Quyosh va shamoldan olinadigan energiyani hozirgi administratsiya va o’ngchilar “liberal” energiya manbaalari deb bilishadi, garchi ular bugungi kunda AIga o’sib borayotgan talabni qondirish uchun elektr tarmoqni kuchaytirishning eng tez va arzon usullari bo'lsa ham.
Mavzuga qo’shimcha maqola va kutilma: 2050 yilga borib hisoblash global miqyosda konditsionerlardan ham ko'proq energiyani talab qilar ekan.
Individual aksiyalarni sotib olish xavfi haqida podkast epizodi. Men bu podkastni onda-sonda tinglab turaman. Moliya bozori, aksiyalar haqida asosan ilmiy tadqiqotlarning natijalariga asoslanib suhbat qilishadi. Juda foydali. Bunisi ham yaxshi epizod chiqqan ekan.
Aytgancha shu yerda aytib ketmasam bo’lmaydi: agar podkast degan material audio formatda platformalarda tarqatilmasa men uni podkast sifatida qabul qila olmas va tinglay olmas ekanman. Albatta, Youtubega joylangani qo’shimcha foyda, lekin shaxsan men podkastlarni boshqa mashg’ulot (mashinada yo’lda, yugurganda, piyoda yurganda) bilan band bo’lganimdagina tinglay olaman. Iltimos, podkastingizdan ko’proq odamlar tinglashini istasangiz audio formatda ham platformalarga joylang, masalan Spotifyga.
Iqtisodchilar o’zi nima bilan shug’ullanishadi va qanday o’ylashadi. Talabalar ayniqsa buni o’qishi kerak.
Har 100 dollar soliq tushumini yig'ish AQSh soliq qo’mitasiga (IRS) 34 sentga tushar ekan.
Hozir qaysi AIni ishlatish kerakligi haqida Ethan Mollikdan tavsiya.
Xorijliklar AQShga sayohat haqida bir-birlariga beradigan maslahatlar.
Hafta memi:
Discussion about this post
No posts
Birinchilardan bo'lib yetib keldim :)
Siz bilmassiz, lekin doimiy kuzatuvchilarizdanmiz, omad.
O'zbekcha kontentlar ham borligini bilmas edim)