July 26, 2026
Oxirgi bir necha hafta ichida ko'zim tushgan, o'qiganlarimning ba'zilari. Ko'proq tadqiqotlar haqida bo'ldi.
Bu tadqiqot qishloq joylarga internet kirib kelishi o’smirlar orasida tug’ilishni kamaytirganini topibdi. Havola. Bu yangi tadqiqot ilgarigi “iPhone tug’ilishni kamaytiryapti” degan maqolani (link) yodga soladi, lekin sabab-oqibat haqidagi hikoyasi bu safar boshqacha va, menimcha, ancha ishonarli. Esingizda bo’lsa o’sha Iphone→ tug’ilish darajasi zanjiri haqidagi tadqiqot haqida o’z fikrimni yozgandim, ’shanda men tadqiqotga ancha shubha bilan qaragan edim. Ko’rmagan bo’lsangiz havola.


Bu yangi ishda boshqacha dizayn. 2009-yilda AQShda qishloq hududlarga internet olib kirish uchun davlat dasturi bo’lgan. Ko’p tumanlar bu dasturga ariza berishgan, ya’ni davlatdan pul (grant/subsidiya) so’rashgan, shu pul bilan o’z hududlariga internet infratuzilmasini qurish uchun.
Ba’zi okruglarning arizasi qabul qilingan - ular pul olishgan va internet kelgan.
Ba’zi okruglarning arizasi rad etilgan - ular pul olmagan, demak internet ham kelmagan (yoki kechroq kelgan).
Mualliflarning fikri: bu ikki guruh (pul olganlar va rad etilganlar) bir-biriga juda o’xshash, chunki ikkalasi ham xuddi shunday dasturga ariza bergan, ya’ni ikkalasi ham “internet kerak” deb hisoblagan, ikkalasi ham shunga mos hujjat tayyorlagan. Farqi faqat kimga pul tekkan, kimga tegmagan (ko’pincha byudjet yetmagani yoki kichik texnik sabablar tufayli).
Shuning uchun bu taqqoslash “adolatliroq”, chunki taqqoslanayotgan ikki guruh tasodifan farq qiladigan emas, balki ikkalasi ham bir xil niyat va sharoitda bo’lgan, faqat biriga pul tekkani, biriga tegmagani bilan farqlanadi. Bu esa 3G/iPhone maqolasidagi taqqoslashdan (shahar vs qishloq, yoki AT&T qamrovi qaerga qachon yetgani) ancha ishonchliroq deb o’ylayman, chunki u yerda ikki guruh boshidanoq boshqa-boshqa bo’lishi mumkin edi.
Natija: internet kirgan qishloq joylarda o’smirlar tug’ilishi biroz kamaygan, lekin bu safar sababi “yolg’izlanish” yoki ijtimoiy tarmoqlar ziyon degani emas - internet borgan joylarda oila-rejalashtirish klinikasi bo’lgan hollarda effekt kuchliroq chiqqan, ya’ni qizlar internet orqali ko’proq narsani bilib, mavjud klinikalardan ko’proq foydalanishga boshlagan, hatto maktabni ham ko’proq davom ettirishgan. Demak, bu safar hikoya “texnologiya odamlarni yolg’iz qiladi” emas, balki “texnologiya odamlarga ko’proq ma’lumot va tanlov beradi” - bu esa mening ilgarigi savolimga ham javob: agar sabab shu bo’lsa, o’smirlar homiladorligining kamayishi aslida yaxshi xabar bo’lishi mumkin.
Xullas, tug’ilish darajasi tushdi degan sarlavha yomon vaziyatdan dalolat, lekin tagida nozik nyuans bor. Agar o’smirlar orasida erta homiladorlik va tug’ilish kamaygan bo’lsa bu yomon degani emas, to’g’rimi?
2015-yilda Xitoyning havo ifloslanishi haqidagi hujjatli film internetda "viral" bo'lib ketgan. Bu film ta'sirida odamlar qayerda yashash haqida qayta o'ylay boshlagan. Natijada, bu film ko'proq ta'sir ko'rsatgan (ya'ni ko'proq tomosha qilingan yoki ifloslanish darajasi yuqoriroq bo'lgan) shaharlarda yer-mulk bitimlarining qiymati va hajmi kamaygan. Tadqiqot
Sun'iy intellektdan foydalanish va iqtisodiyot bo'yicha white paper ekan. Ushbu hisobot Google va Google DeepMind o'rtasidagi keng ko'lamli hamkorlik natijasi bo'lib, odamlar sun'iy intellektdan keng miqyosda qanday qo'llanilayotganini yoritadi.
Xitoyda bog’cha va maktablarni yopishayotgan ekan. Bolalar kamligidan.
Farzandlarni katta qilishda Excel spreadsheetdan foydalanish haqida.
USAIDni yopishgandi, esingizdami? Oqibati haqida yangi tadqiqot. Afrikada qorong’ilashib qolibdi. Tom ma’noda
USAID yopilishining oqibati haqida yana bir bor - Bloombergdan Kenyadagi suv masalasi haqida.
Kam gapiryapmiz. So’zlarimiz qisqarib ketmoqda.
Bu yil ham, o’tgan yilgi kabi, Yevropa Ittifoqi AQSh texnologiya kompaniyalarini jarimalashdan Yevropaning o’z davlat texnologiya kompaniyalaridan yig’iladigan umumiy soliq daromadidan ko’proq pul ishlab topar ekan. Jumlani yana bir bor o’qib ko’ring!
LLM va ijtimoiy fanlardagi tadqiqotlar haqida.
LLMlar ham biz kabi Yaponiyani va yapon madaniyatini sevar ekan!
Xitoy modellari haqida.
Bolqon haqida.
Yuriy Dud’ning oxirgi paytdagi eng zo’r ko’rsatuvlaridan biri. Tingladim.
1986 yilgi protestlardan:







