June 7, 2026
Oxirgi bir necha hafta ichida ko'zim tushgan, o'qiganlarim
Tyler Cowenning sun’iy intellekt haqida monologi. Juda qiziq. Ko’ringlar.
Jahon chempionati kabi yirik xalqaro futbol turnirlari talabalarning imtihon natijalariga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqot
Norvegiyalik vikinglar jahon chempionatiga kelmoqda! Maqola
Agentic AI tufayli yaratilayotgan mobil ilovalar soni keskin oshib ketgan. Lekin, foydalanish darajasi baribir past.
AQShdagi universitetlar va tibbiyot muassassalaridagi katta muammolardan biri xarajatlar. Shunga doir bir qiziq kuzatuv: 1985-2023 yillar oralig’ida MITda professor-o’qituvchilar soni 9% ga o’sgan. Lekin, ma’muriy xodimlar (administrativ) soni 189% ga oshgan. Bundan trendni deyarli barcha universitetlarda ko’rish mumkin. Shu haqida tadqiqot.
Dwarkesh Patel Alex Imasdan intervyu olibdi. Tavsiya. Avtomatlashtirish va sun’iy intellekt davrida iqtisodiyotimiz haqida qanday o’ylash kerakligi haqida suhbatlashishibdi.
Janubdagi mehmondo’stlik ortidan ko’p AQSh korporatsiyalari ko’chmoqda, jumladan Texasga. Jumladan Dallasga.
Gen Z navbatda turishni yaxshi ko’radi. Substack. Aytgancha, shu kolonkada aytilgan va sur’ati qo’yilgan Blank Street Coffeega bo’lgan navdatni Londonda ko’rgandim, kichik navbat ham emas, kamida 20 minutlik edi. Bitta kofe uchun. Shu tarmoqning AQShdagi nuqtalarida bunday navbatni ko’rmas edim. Menga shu qiziq ko’ringandi.
Research assistentlar uchun Claudedan qanday foydalanish uchun foydali qo’llanma.
Turkmaniston qaydlari.
Yaponiya oxirgi besh yilda 3 million odamni yoqotibdi.
Orqadagi tribunada men ham borman.
Stan Kroenkening biznes va sport imperiyasi haqida
Peter Santenello Arkanzas haqida yaxshi video olibdi. Peterni ko’p tavsiya etganman ko’rishni, ayniqsa Amerikaning ichkarisini, undagi hayotni yaxshi tasvirlab beradi. Aytgancha, videoda yuqoridagi Stan Kroenkega aloqasi bor joyi bor ekan. Alice Waltonni ko’rib qolishibdi (dunyodagi eng boy ayol va Walmartning merosxo’ri)
Casey Neistat qaytibdimi? Yana muntazam ravishda video joylashni boshlabdi. Ko’z tegmasin
Yevropadagi oxirgi innovatsiyalardan birini ham ko’rdim:
Oxirgi haftalarda ko’rganlarim orasida eng muhimi quyidagi rasmda:)







