May 17, 2026
O’qiganlarimdan/ko’zim tushganlardan
Tug’ilish darajasi pasayishiga smartfonlar aybormi? FTdagi John Murdochdan yangi kolonka
AQShda aholi tomonidan ularning mahallalarida data markazlar qurilishiga qarshi chiqishlar, namoyishlar va eng muhimi qarshi ovoz berishlar holatlari ko’paymoqda. Qisqasi, data markazlar yomon va mahalliy iqtisodiyot uchun zararli deyishmoqda. Shu argumentlar qanchalik to’g’ri emasligi haqida:
AQShdagi ba’zi siyosatchilar ham data markazlarga qarshi harakat qilishmoqda. Bernie Sanders va AOCdan yangi qonun loyihasi - barcha data markazlar qurilishini to’xtatishmoqchi. Bu juda destruktiv va AQShning raqobatbardoshligi uchun katta ziyon keltiradi. Bu haqida Garry Tandan yaxshi argumentlar:
Ford yangi AI-meme stock.
Meksikada tug’ilish darajasi endi AQShnikidan past
Iqtisodiyot bo’yicha magistratura va doktorantura dasturlariga qabul kamaymoqda ekan. Yangi doktorantlar soni 12,5% ga, magistrlar soni esa 17,6% ga kamayibdi.
Haqiqiy iPad-avlod yoshlar emas kattalar
Kapitalistik Shvetsiya
AIning internetdagi tekst ma’lumotlariga ta’siri haqida
Meksika milliy terma jamoasining jahon chempionati uchun yangi formasi. O’zbekistonnikini hali ko’rmadim. Adidasga berishimiz kerak edi, menimcha.
Ko’rganlarimdan
Data markazlar haqida. Dwarkesh Jane Streetning data markaziga boribdi.
Arsenalning muxlisi bosh rolda chiqqan kinoni ko’rdim (The Devil Wears Prada 2) Manhattanda.
Behzod. Ikkita yangi epizod tez orada chiqadi.
Central Park. Yoz faslini norasmiy ravishda dam olish kunidagi 28 daraja harorat ochib berdi.














