End of an Era. Taylor Sviftning ikki yillik konsert dasturi tugabdi. Hozir uning ijodi va qo’shiqlari haqida emas, iqtisodiy ta’siri haqida. Oxirgi 21 oy ichida Svift 51 ta shaharda 149 ta konsert beribdi. Bu degani har 4 kunda bitta kontsert. 10 milliondan ortiq chipta sotilgan va 2 milliard dollarga yaqin tushum qilgan. Bunday ko’rsatkich hali dunyoda bo’lmagan ekan, ya’ni ikkinchi eng katta konsert dasturi buning yarmiga ham yetmas ekan. Wikipediada qiziq sahifa bor, Swiftonomics va boshqa ta’sirlar haqida.
AQShda data markazlar soni. Boshqa mamlakatlardagi barcha data markazlarni qo’shib hisoblasa ham AQShga yetmas ekan.
Sun’iy intellekni qachon ishlatish va qachon ishlatmaslik haqida.
Redditdan post. Kapital bozorda pul yoqotgan inson kapital bozorda pul topgan inson bilan turmush qurishga nomzodlarni qidirayotgan ekan. Sabab? Soliq tizimidagi mavjud qoidalardan foydalangan holda yoqotilmalarni kamaytirish uchun.
SpaceX 350 milliard dollarga baholanibdi. Elon Mask SpaceXning 42 foiz ulushiga egalik qiladi. Tesla esa 1.4 trillionga baholangan. Mask Teslaning 20 foiziga egalik qiladi. Baholanmagan Neuralink va Twitterni qo’shsak va SpaceX va Teslaning istiqbolda qiymati oshishini kutsak Elon Mask dunyoda birinchi trillioner bo’lishini kutish mumkin. Adashmasam, hozircha uning boyligi 400 milliard atrofida.
Interstellar va kinoteatrlar sehri haqida yaxshi post ekan. Bu film chiqqanligiga 10 yil to’lish munosabati bilan kinoteatrlarga shu haftalarda qaytgan. Shimoliy Amerikada atigi 10ta kinoteatrda ushbu kinoni IMAX 70mm formatida ko’rish imkoniyati bor ekan, shu jumladan Dallasda ham. Men ham tushdim. Shu postda yaxshi tariflanibdi, bu shunchaki film emas, balki hodisa edi. Interstellarni men ko'p marta ko'rganman, lekin hech qachon kinoteatrda ko’rmagan edim.