Weekly digest: December 22
Bu safargi dayjestda byudjetni hal qilayotgan Elon Mask va navbatdagi mamlakatni bosib olish orzusidagi Donald Tramp benefisi.
Elon Mask - soyadagi AQSh prezidenti. Bu hafta Elonning ta’sirini ko’rdik. Kongress byudjet muhokamasiga aralashib, ijtimoiy tarmoqlarda yolg’on ma’lumotlarni tarqatib ikki partiya avval kelishgan qonun xujjati qabul qilinishiga to’sqinlik qilibdi. Kongress vakillari ovoz berishlariga qarshi tahdidlar qilibdi. Spiker Mayk Jonsonning ishini ham qilibdi, qisqasi.
Noah Smith savol qo’ymoqda - Elon Maskni tiyib turuvchi kuchlar (institutlar bormi)? Quyida uning kolonkasi:
“Elon Mask prezident emas, va bo’la olmaydi ham” - yakshanba kuni Tramp chiqishida shunday debdi. Tavba. Saylangan prezident chiqib, “u emas, menman” deyaptimi, demak kamida o’ziga soya tushayotganidan xavotirda.
Ekvadorda dollarizatsiya ishlagani haqida.
Wall Street Journal tomonidan yil sarhisobi.
South Sea Bubble haqida o’qishni tavsiya etaman. Hozirgi “bitkoynmania”ni tushuntiradi. Bu tarixiy jarayon dunyodagi birinchi moliyaviy inqiroz, dunyodagi birinchi Ponzi sxema, chayqovchilik sxemasi deb nom qozongan. Qizig’i, Isaak Nyuton ham South Sea korxonasi aksiyalarini turli vaqtlarda sotib olgan, va hozirgi kunga chaqadigan bo’lsak taxminan 40 million funt sterling yoqotgan. Ya’ni, o‘sha davrning eng buyuk mutafakkirlaridan biri ham FOMOga uchrab xato ish qilgan.
Tramp o’zi g’alati odam. Bir kun Meksikaga xujum qilamiz deydi, bir kun Kanada 51-shtat bo’ladi deydi, bir kun Grenlandiyani anneksiya qilamiz deydi, endi esa Panama kanali AQShniki deydi va bu rasmni post qilibdi:
Googldan kvantum chip?
Dunyoda eng tez o’sayotgan mamlakatlar Afrikada.
Nobel mukofoti sovrindori Abhijit Banerji iqtisodiyot va ovqat haqida Financial Taymsda. Yangi kitobi. Aytgancha, Banerji o’z blogida Samarqand va osh haqida ham yozgan edi. Bu to’g’risida kanalimda yozganman.