1. “AQSh kriptoni taqiqlashi kerak”
Yaqinda 99 yoshga to’lgan Charlie Munger yaqinda mana shunday fikr bildirdi: “Kriptovalyuta pul birligi emas, tovar emas va qimmatli qog'oz ham emas”.
Aytgancha, oxirgi bir oy mobaynida kriptovalyutalar narxi ko’tarilib qoldi. Masalan, BTC +40%.
2. ‘Stock buy back’ nima?
Kapital bozoriga oid rubrikada korxonalar o’z aksiyalarini oxirgi paytda ikkilamchi bozordan katta miqdorda qayta sotib olayotganlari, o’zi bunday amaliyot nima ekanligi haqida o’qish uchun maqola.
3. Short seller, Adani, Hindenburg.
Bu hafta siz bilishingiz kerak bo’lgan uchta eng muhim so’z shulardir. Chunki bu hafta bozorda ‘short seller’ degan o'yinchi nima uchun juda muhimligi haqida navbatdagi dars bo'ldi. Aksiya narxi ko'tarilishi emas, aksincha tushishidan moddiy manfaatdor bo'ladiganlarda ko'pchilikning radarida bo'lmagan huquqbuzarlikni fosh qilish uchun katta rag'bat bor.
Short seller o’zi kimlar va ular qanday vazifa bajarishlari haqida maqola bu yerda. Kinodan parcha ham aynan shu haqda.
4. AQShga viza olish uchun elchixonalarda kutish vaqti
O’qishga, sayohat va boshqa immigratsion bo’lmagan maqsadlarda viza olish uchun deyarli butun dunyo bo’ylab AQSh elchixonalarida navbat kattaligacha qolmoqda. Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida masalan sizning navbatingiz 872 kunda keladi. Dubayda esa 500 kunda…


5. Yuqoridagi ko’rsatkichning muhimligi haqida yana bir bor.
Umuman talantlarni jalb qila olish, qabul qila olish hozirgi davrda mamlakatlar o’zaro kurashayotgan eng muhim yo’nalishlardan biri desam adashmayman. Shu masalaga oid bir tadqiqotga ko’zim tushib qolgan edi. Undagi xulosaga ko’ra AQShning H1B vizasi dasturi hajmini ikki baravar oshirish natijasida uzoq muddatda AQSh va Yevropa Ittifoqining iqtisodiyoti 9 foizga oshadi. Chunki bu dasturni “osonlashishi” ixtirochilarni ko'proq innovatsiyalar va bilimlarni ishlab chiqarishi va tarqatishi samaraliroq bo’ladigan joyga saralaydi.
To’liq maqola bu havolada. Undan bir quyidagi grafik alohida diqqatga sazovor: ko'chib kelgan ixtirochilar, ko’chib kelgunlarigacha o’zlariga o’xshash bo’lgan mahalliy ixtirochilardan yiliga taxminan 40% ko'proq patent olar ekanlar
6. Rossiya iqtisodiyotining urushsiz holatdagi gipotetik o’sishi


7. AI haqida David Brooks kolonkasi.
8. Iqtisodiy jarayonlarga davlat aralashuvi, kvotalar, savdoga cheklovlar.
Bu safar Kanadadan eslatma: markazlashgan sut sotib oluvchining kvotasidan oshib ketgan bo'lsa ham bu fermer boshqalarga sota olmaydi. Oqizib yuborishga majbur.

9. Kitoblarga savol berib ko’ring.
Masalan, men mikroekonomika kitobiga savol berib ko’rdim. Yomon emas.
10. Netflixda Bernie Madoff haqida yangi xujjatli film.
Albatta istalgan moliyaviy piramida bir kun kelib qulaydi. Buni ko’rib bo’lgandan so’ng ochiq qolgan savollardan biri, 2008 yilda moliyaviy krizis bo'lmaganda, kim bilsin, tarixdagi eng katta ponzi sxema yana qancha davom etishi mumkin edi…
Madoffning qaysidir ma'noda omadsizligi bu 2008 yil kelgani va investorlariga birdaniga likvidlik katta xajmda kerak bo'lib qolgani. WallStreetda katta obro'ga ega bo'lgan va “toza” biznesda tanilgan Bernie ancha suvdan quruq chiqib yurdida
11. 500 million dollarlik yangi Ponzi sxema.
Washington Post bir maqola chiqardi. Havola bu yerda. Yaqinda vafot etgan WP jurnalistining o’limidan oldin boshlagan ishlarini oxiriga yetqazib qo’yish maqsadida ishga kirishganlar uning katta Ponzi sxema ustida ishlayotganini ko’rishgan. Agar paywall o’tib o’qiy olsangiz…
Xullas, yillik 50% daromad va deyarli hech qanday xavf-xatarsiz imkoniyat sifatida taqdim etilgan ushbu sxema asosan mormonlarga qaratilgan ekan. 2017 yildan 2022 yilgacha 900 dan ortiq odam o'z jamg'armalarini sarmoya kiritgan ekanlar, taxminan 500 million dollar qiymatda. Tabiiyki hech qanday veb sayt yo’q, asosan og'izdan og'izga tarqalgan bu ponzi sxema umumiy diniy mansublikdan (mormonlar) kelib chiqadigan ishonchga tayangan ekan.
AQShda fond bozori yiliga o’rtacha 8-10% qaytaradi, bu benchmark bo’lishi kerak. Bundan ortiq qaytimni hech qanday risksiz, aynisa bu vaziyatdagi 50%ni, va’da qilgan istalgan insonlarga ishonish kerak emas.
12. Hindiston aholisining 99 foizi elektr energiyasi bilan ta’minlangan ekan.


13. Email yozish etikasi
Hech qachon bunday yozilishi kerak bo’lmagan elektron xatlar turi.
Qoyil, tasanno
Zo'r chiqibti botir aka