O’qiganlarim:
Gen-Z avlod universitet bitiruvchilarining taxminan 58 foizi hali ham ishsiz. Millenial va Gen-X avlodda bu ko’rsatkich kamroq, 25 foizda ekan.
Oldingi maqolaning davomi sifatida: yosh bitiruvchilar orasida ishsizlik ayol bitiruvchilarga qaraganda erkaklarda ortib bormoqda ekan. Ya’ni, ayol bitiruvchilar ish bozorida ish topmoqdalar. Financial Timesda maqola. Yoki Jonning Tviterrida tredni o’qing.
Sababi qiziq: ba’zilar o’ylashi mumkin balki erkaklar ko’proq kod yozadigan kasbni tanlayotganliklari va ularning ishlarini AI olib qo’yayotgani uchunmi deb. Unday emasga o’xshayabdi - IT industriyada bandlik stabil.
Ayollar aftidan ko’proq sog'liqni saqlash sohasidagi ish joylarini tanlayotganlari sabab bo’lsa kerak. U sohada bandlik yuqori tendentsiyada davom etmoqda.
Yana bir qiziq kuzatuv: universitet diplomiga ega bo'lgan yigitlar endi universitetda o’qimagan yigitlar bilan bir xil ishsizlik darajasiga ega bo'lib, bitiruvchilarning universitetda o’qiganlik premiyasini (maosh bo’yicha) butunlay yoqotibdi.
2025 yilgi matematikadan xalqaro olimpiada testini OpenAIning yangi va hali ommaga chiqmagan modeli (GPT-5?) oltin medal darajasida yechibdi.
AQShda radio va televideniyada senzura.
NPR va PBSga federal hukumat moliyalashtirishi to’xtatilibdi.
Qiziqchi va boshlovchi Stiven Kolbertning CBS kanalidagi shousi keyingi yildan boshlab to’xtatilar ekan. Trampni to’xtamasdan tanqid qilar edi, yumor bilan. Izohlarni o’zingiz o’qishingiz mumkin. Men ham yaqinda Paramountdagi obunamni bekor qilgan edim (Chempionlar Ligasini AQShda shu tarmoq olib berar edi)
Argentina and Milei haqida.
Haqiqatdan ham LLMlar shiddat bilan o’smoqda.
Hindlar Hindistonni tark etganda, hind plyuralizmi bilan nima sodir bo'ladi?
Delta Airlines sun’iy intellekt yordamida yo’lovchilar qancha eng ko’p to’lashga tayyor ekanliklarini aniqlab dinamik narxlashga o’tayotgan ekan.
O’zbekiston Temir Yo’llarida chipta sotib olish tajribasi.
AQShda GENIUS Act qabul qilishibdi. Stablecoinlar haqida oxirgi payt ko’p o’qiyapman va tinglayapman (pastda).
Xitoy va 1950 yillardagi AQSh haqida.
Dunyo bo’yicha tug’ilish darajasi barcha joylarda qisqarmoqda. Bu haqida Professor Villaverde ham yaxshi tred yozibdi (Meksikani qarang).
Fransiyada/Yevropada shunaqa gaplar.
Fransiya haqida gap ketar ekan, hukumat byudjetni iqtisod qilish va iqtisodiy o'sishni oshirish uchun yiliga ikkita davlat bayramini qisqartirishni taklif qilibdi. Yevropada ta’tillar o’ta muqaddas narsa. Tegib bo’lmas muqaddas narsa. Bu amalga oshishi qiyin taklif.