O’qiganlarim:
Kanada va uning immigratsiya siyosati haqida
Aygtancha, bugun Kanada kuni ekan, 156 yil bo’libdi.
Hindistonda digital transformation. Maqola
Oltin endi “safe-haven” aktiv emas. Maqola
Kutilganidek, AQSh Oliy Sudi prezident Baydenning talabalar ta’lim kreditini bekor qilish qaroroni noqonuniy deb topdi. Bu haqda ilgari yozgan edim. Maqola
Birinchi 3 trillion dollarlik korxona. Maqola
“Gazirovka” ichmaslik uchun navbatdagi eslatma yangilik.
Anti-vakser konspirologlar ba’zi doktor va olimlarni onlayn debatga chaqirib kim haq ekanligini aniqlashmoqchi edi. Go’yoki. Ularning orasida taniqli siyosatchilar, blogerlar, investorlar bor edi. Tabiiyki RFK janoblari ham. Shu nega yaxshi g’oya emasligi haqida. Yana bir maqola.
Ko’rganlarim:
James Kemeron va DeepSea Challenge haqida NatGeo dokumentalkasi. Men o’zim uchun Jamesni boshqattan kashf qildim, uni asosan rejissor sifatida bilar edim, ko’pchilik qatori. Lekin, dengiz/okean tubiga sho’ngish uning katta qiziqishi ekanligini unchalik bilmas edim. Uning gapiga ko’ra, xatto Titanik kinosini aynan okean tubiga sho’ng’ich amaliyoti, shu jumladan RMS Titanikni ko’rish uchun pul to’plash maqsadida sur’atga olgan ekan.
Trotuarlar haqida Gazeta.uz reportaji. Trotuarlar kimga tegishli deb so’ramoqda Gazeta.uz. Men javob berishga harakat qilaman: O’zbekistonda, shu jumladan, Toshkentda, trotuarlar avtomobillarga tegishli va ularni avtomobil infratuzilmasi sifatida ko’raman. Ha, undan piyodalar foydalanadilar, lekin, u piyodalar xavfsizligi, qulayligi uchun qilinmagan. Uning asosiy maqsadi piyodalar avtomobillarning harakatlanishiga halaqit qilmasalar bo’ldi, qanday harakatlanishi ularning muammosi. Kerak bo’lsa trotuarlar olib qo’yiladi, to’sib qo’yiladi va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.
Aslida, trotuarlarning yarimiga boshqacha rang berib velosipedlarga ajratish amaliyoti ham piyodalarga qarshi qilingan kampaniya deb hisoblasa bo’ladi. Velosipedlar uchun harakatlanish yo’lagi avtomobil yo’lini toraytirib, xavfsiz bo’lak qoldirish orqali tashkil etilishi kerak, piyodalar yo’lagi hisobiga emas. Moped va skuterlarning ham trotuardan yurishini xavfli deb o’ylayman va ular ta’qiqlanishi kerak.