Weekly digest: March 1, 2025
AI va iqtisodiyot bo'yicha AQSh milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi (NBER) tomondan maqolalar to'plami. Tavsiya etaman.
Zamonamizning ta’siri katta va ko’plab iqtisodchilarni ilhomlantiruvchi iqtisodchi Tayler Kouen haqida The Economist yaxshi maqola yozibdi.
Hech bo’lmasa endi haqiqatni batamom bilib olganimiz haqida.
Yana bir haqiqat oydinlashib borayotgandek - Donald Trump yaxshi muzokarachi (dealmaker) emas. Afsonalarga qarshi o’laroq. Yaxshi tadbirkor emasligi bilar edik.
JD Vens, Oq Uyda Zelenskyga go’yoki diplomatiyadan dars berganidan so’ng ta’tilga chiqib, chang’i uchgani Vermontga ketibdi. U yerda juda iliq kutib olinibdi. Haqiqatdan ham, chang’i uchgani Vermontga emas, bira to’la Rossiyaga borsa bo’lar ekan. Aytgancha, yangi ishga o’tganingizdan so’ng sizlar ham bir oydan keyin ta’tilga chiqasizlarmi?
OAV tahririyatiga OAV egalari aralashishi haqida. Jeff Bezos endi WaPostda faqat erkinlik va erkin bozorlar haqida kolonkalar qo’yiladi demoqda. Qog’ozga o’rab gapiribdi.
Bitta Prezident Oval kabinetda Amerikaga hurmatsizlik qilgani va u Zelenskiy emasligi haqida.
5 million dollar turadigan “oltin karta” haqida.
Ingliz tili AQShda davlat tili sifatida rasmiylashtirildi. Bungacha AQShda davlat tili mavjud emas edi.
Elon Mask AQShdagi nafaqa/ijtimoiy xavfsizlik tizimini ponzi sxemaga o’xshatibdi. Ya’ni, Mask ikkita narsani - ijtimoiy xavfsizlik va ponzi sxema nimaligini va ularning mohiyatini tushunmas ekan.
LinkedIn haqida.
AQSh iqtisodiyoti boy qatlamning iste’moliga juda bog’liq bo’lib qolibdi. WSJda iste’mol haqida gap ketyapti, lekin shu o’rinda boshqa grafik esimga tushib qoldi va uni topdim:
Oq Uy haqida gap ketar ekan, kripto bazmini tashkil qilishayotgan ekan. Oq Uyda.
Tingalaganlarimdan:
Capitalisn’t podkastining yangi epizodi. Muhim mavzu.
Ko’rganlarimdan:
Shu paytgacha Hamiltonni tomosha qilmagan edim. Brodveyda ko’rish nasib etdi, juda yoqdi. Ayniqsa hozirgi zamon va bo’layotgan voqealar kontekstida tarixga nazar qiziq bo’ldi.
Inqilobiy urush, Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishdan tashqari Hamilton shu jumladan AQSh moliya tizimining asoschisi va bosh me'mori bo’lgan. Jorj Vashingtonning moliya vaziri (AQShning birinchi moliya vaziri).