Weekly digest: March 17
Freakonomics podkasti va kitobi hammualifi va Chikago Universiteti professori bo’lgan Stiv Levit akademiyadan ketayotgan ekan. Fan, Chikago universitetidagi iqtisodiyot fakulteti, va iqtisodchilar haqida bilmoqchi bo’lganlar uchun ushbu podkast qiziq bo’ladi deb o’ylayman.
Tinglash va matn shaklida o’qish uchun havola pastda. Iqtiboslar esa bu yerda.
Yuqori daromadli mamlakatlarda talaba qizlarning boshqa namuna (role model) ayol-qizlarni bilishlari, ularni o’rganishlari talabalarning STEM kasbiga ega bo'lish haqidagi tasavvurlari va intilishlarini yaxshilash orqali qiz talabalarning fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida ishtiroki va ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Bu haqda JPALdan maqola. Savol shundaki, o’rta va past daromadli mamlakatlardachi?
Qo’shimcha qiladigan bo’lsam: STEMda yoki istalgan sohada o’qiydigan, ishlaydigan va muvaffaqiyatli o’zbekistonlik ayol-qizlarimiz haqida, namuna sifatida, ko’proq yozilishi va ko’rsatilishi kerak. Zero ular yosh o’zbekistonlik talaba ayol-qizlarga o’qishga, ilm va ko’nikma orttirishga, kasb egallash jozibalari va imkoniyatlarini o’rganishga namuna bo’lishlari mumkin. Masalan, kremniy vodiysidagi o’zbekistonlik yoki wall streetdagi o’zbekistonlik deganda faqat o’zbekistonlik yigitlarni emas, o’zbekistonlik qizlar hikoyasini ko’rsatish kerak. Shunga yaqin narsani qozog’istonliklar qilibdi. Kremniy vodiysidagi qozog’istonliklar qizlar haqida dokumental kino chiqibdi, hozircha shuni ko’rib turing. Men ilm-fan va kasbdagi o’zbekistonlik qizlarni ham namuna qiladigan dokumentalkalar ham ko’payishi hohlayman.
Havo sifatini o’lchaydigan texnologiyalar, ko’rsatkichlarni monitor qilish havo sifati yaxshilanishiga olib kelish mumkinmi?
Xitoy haqida yangi tadqiqot va uning topilmalarini o’qib ko’rishingiz mumkin. Bir xulosa shuki, havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari asosan monitoring stantsiyalari yaqinidagi joylarda amalga oshirilar ekan, bu esa shahar darajasida havo sifatining haqiqiy yaxshilanishini bo'rttirib ko’rsatishi mumkin.
Immigratsiya haqida ikkita maqola (ikki tarafdan):
AQShdan immigrantlarning ommaviy deportatsiyasi (nolegal immigrantlar haqida) amerikaliklar uchun ish joylarini ham kamaytiradi. Ko’pchilik shuni teskarisi, ya’ni qancha ko’p immigrantni deportatsiya qilsak ko’proq mahalliy ishchilarga joy qoladi deb o’ylashadi. Ularning deportatsiyasi AQSh biznes egalari o’z faoliyatlarini qisqartirishga yoki kamroq yangi biznes ochishga, ba'zi hollarda investitsiyalarini kamroq mehnat talab qiladigan texnologiyalar va tarmoqlarga o'tkazishga undaydi.
AQShda qandaydir kasbga bo’lgan talabning oshishi boshqa mamlakatda o’sha kasbni o’zlashtirish, egallashga bo’lgan talabni ham oshiradi. Masalan, AQShga hamshiralarga talab oshib u yerga immigratsiya imkoniyatlari oshishi Filippinda o'qimishli hamshiralar ta'minotini oshirgan egan. Ya’ni, AQSh hamshiralarga beradigan vizalar sonini oshirishi natijasida Filippinda hamshiralik maktablarida o’qishga topshiradiganlar soni 129%ga oshgan ekan. Bu ekonometrik nuqtai nazardan sabab-oqibatni to’g’ri o’lchanganida. Umuman shu haqda VOXDevda qiziq tadqiqot haqida maqola. Biz aynan shu mavzuda podkastimizning bir epizodida ham batafsil gaplashgan edik. O’tqazib yuborgan bo’lsangiz havola pastda:
AI haqida NewYorkerda maqola. Men AI doomsday bo’yicha ijobiy kutilmalarim ancha ko’proq. Bu haqda batafsil bir safar yozishim kerak.
Dunyo haqida qiziq 30ta kuzatuvlar.
Chernojukov va boshqa hammualliflar tomonidan causal inference va machine learning bo'yicha yangi (bepul onlayn) kitobga havola.
Yashirin iqtisodiyot ko’lamini o’lchashning yangi yo’li haqida tadqiqot.
Dunyoda har qachongidan ham kamroq bolalar o'lmoqda.
Tashabbusli byudjetning navbatdagi bosqichida qatnashing.
Iqtisod bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori Rojer Myerson Rossiyaning qora ro‘yxatiga kiritilibdi.