Weekly digest: March 9, 2025
Tramp kundalik ravishda yaratayotgan xaos investorlarning ishonchini pasaytirmoqda. Bu hafta AQSh fond bozori anchaga qisqardi. Kunma-kun tavsilotlar.
“Biroz sabr qilib chidab turinglar, keyin hammasi yaxshilanib ketadi.” - Tramp administratsiyasining hozirgi chaqiriqlari.
Moliya vaziri Bassent: “iqtisodiyotda detoks davri boshlanmoqda”
Spiker Jonson: “biz baydenomiksdan qutilib, rasvo iqtisodiyotni tiklashimiz kerak”
Musk: “vaqtinchalik qiyinchilikni yaratamiz”.
va hokazo
Muammo shundaki, 2024 yil noyabr holatiga iqtisodiyot har qachongidan ham sog’lom edi (inflyatsiya jilovlangan, ishsizlik minimum darajada, YaIM o’sayotgan).
AQSh bu imkoniyatlar mamlakati. Chunki, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va bozor qanday ishlashini tushunmaydigan odam avval katta investitsion bankni yuritgan va hozir esa Trampning savdo masalalari bo’yicha vaziri.
Amerika Reganni kutgandi, Maoni oldi.
Tariflarning yana bir xususiyati kimlar qanday imtiyozlarga ega bo’lishi haqida:
D. Tramp bilan Floridadagi qarorgohida birga-bir ko’rishish narxi 5 million dollar ekan. Guruh bilan ko’rishish esa har bir kishiga 1 million dollarga tushar ekan. Bundan albatta asosan CEOlar foydalanadi.
Imtiyozlar berishini iltimos qilib, iltijo qila olmaydigan korxonalar esa kichik va ular importga eng ko’p bog’langan.
Hindistonda qashshoqlik darajasi qanday qisqargani haqida
"Strategik kripto zaxirasi" haqida Krugman.
Ikkinchi DeepSeek vaqti - Manus haqida.
Buyuk Britaniya qiroli ham podkast boshlabdi.
Yozish haqida.
Behzod startaplar haqida
Iqtisodchilar uchun uchta Vikipedia sahifasi
Daniyaning umumiy YaIM va NovoNordisksiz (Ozempik) YaIM